O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 iyundagi  “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6244-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan Qorao‘zak tumanida Industrial zona tashkil etish uchun ishchi guruh tuzildi.

Mazkur ishchi guruh tomonidan Qorao‘zak tumani investitsiya va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A. Baymuratov bilan birgalikda joyiga chiqgan xolda o‘tkazilgan o‘rganishda Industrial zona tashkil etish uchun barcha sharoitlar yaratish va tadbirkorlik sub’ektlari bilan hamkorlikda ish olib borish masalalari muhokama qilindi.