Akkreditatsiya markazi mutaxassislari tomonidan Departament va uning hududiy bo‘limlari xodimlariga tasdiqlangan dasturga asosan Laboratoriya faoliyatida ISO/IEC 17025:2017 standartini qo‘llash talablari va ularning nazorati bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazilmoqda.
Seminarda mutaxassislar tomonidan Akkreditatsiya markazi faoliyati va Laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish bo‘yicha xalqaro hamkorlik (ILAC) doirasida e’tirofga erishish faoliyati haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, ISO/IEC 17025:2017 standartiga muvofiq qo‘llaniladigan atama va ta’riflar, xolislik hamda konfidentsiallik kabi bo‘limlariga alohida to‘xtalib, ularning ahamiyati keng yoritib berildi.