Agentlik huzuridagi Deparament va Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmalari mas’ullari Angor tuman hokimining Investitsiyalar va tashqi savdo masalalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.Tog‘aev bilan hamkorlikda sohaga oid yangiliklar, investitsiya loyihalarining bajarilishida amaliy yordam ko‘rsatish, shuningdek, kelgusi faoliyat davomida birgalikda ishlash bo‘yicha rejalar ishlab chiqildi.

Shuningdek, hududiy filial mas’ullari Termiz shahrida joylashgan "Suv qurilishta’mirlash" korxonasiga qarashli savdo do‘koni mas’ullariga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6240-sonli Farmon va PQ-5133-sonli qaror mazmun mohiyati hamda mahsulotlarni qabul qilishda tamg‘alanishi bo‘yicha mahsulot nomi, ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati, davlat tilida tamg‘alanishi, hajmi, sofog‘irligi, saqlash sharoiti, tayyorlavchi (ishlab chiqaruvchi)ning nomi va joylashgan joyi, mahsulotning tarkibi va mahsulotning normativ hujjatida belgildangan boshqa talablarga hamda saqlash qoidalariga e’tibor qaratishi bo‘yicha tushunchalar berildi.