Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Departament va Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi Buxoro filiallari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Buxoro viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 02-iyundagi PF-6240 sonli Farmoni hamda PQ-5133 sonli Qarorining mazmun-mohiyatini keng targʻib qilish yuzasidan davra suhbat boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda ushbu farmon va qarorning mazmun-mohiyati, tadbirkorlik subyektlariga berilgan imkoniyatlari boʻyicha tushunchalar berilib, belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan kelishib olindi.