Agentlik huzuridagi Departament Navoiy viloyati boʻlimi tomonidan Prezidentimizning yangi Farmon va Qarorlarida belgilangan topshiriqlar ijrosi hamda qurilish tashkilotlariga xalqaro standartlarni va xalqaro darajadagi sertifikatlarni joriy qilish boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Navoiy viloyatida faoliyat olib borayotgan bir qator qurilish korxonalari va Qiziltepa tumanidagi ISMOILJON DILDORAXON”, Karmana shahridagi “QURUVCHI” va Nurota tumanidagi “ASHRAF” xususiy korxonalariga xalqaro darajadagi standartlarni joriy etish va Slovakiya davlatining “Astraia management” sertifikatlashtirish tashkiloti tomonidan sertifikatlanishi boʻyicha amaliy yordam koʻrsatildi va ularga ISO 9001, 14001, 45001 sertifikatlari topshirildi.