BMTning taraqqiyot dasturi (UNDP), Yevropa Ittifoqi va Avstriyaning rivojlantirish tashkiloti tomonidan Markaziy Osiyodan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilishni rivojlantirish boʻyicha ishchi guruhining beshinchi mintaqaviy yigʻilishida Agentlikning boshqarma boshligʻi A. Asqarov va Standartlar institutinig Standartlashtirish ilmiy-tadqiqot boʻlimi boshligʻi A.Sultonxonovlar ishtirok etmoqdalar.
Uchrashuvda ishchi guruhning 2020-2021-yillarda amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisobotlar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilishni rivojlantirish boʻyicha Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan olib borilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar va amalga oshirilishi lozim boʻlgan masalalar muhokama qilindi.
Mazkur anjumanda Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilishni rivojlantirish boʻyicha ishlarning samaradorligi ortib borayotgani hamda bunga tizimli yondashilayotgani qayd etildi.
Xalqaro anjuman haqida yanga maʼlumotlarni berib boramiz.