Prezidentimizning “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6240-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5133-son qarorida belgilab berilgan tartib-tamoillarning mazmun-mohiyatini bojxona xodimlariga batafsil tushuntirish va hamkorlik samaradorligini oshirish yuzasidan Davlat bojxona qoʻmitasida amaliy oʻquv seminari oʻtkazildi.
Uchrashuvda tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarga hamkorlikda qulayliklarni yaratish vazifalari belgilab olindi.