Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi yordamida Uzbekistan GTL masʼuliyati cheklangan jamiyat Amerika Qoʻshma Shtatlarining ASTM International tashkilotining “Neft mahsulotlari, suyuq yoqilgʻi va moylash materiallari boʻyicha D02” texnik qoʻmitasiga aʼzo boʻldi.
ASTM 12 000 ga yaqin xalqaro tan olingan standartlarni oʻz ichiga olib, mazkur standartlari 80 jilddan iborat.
5 000 dan ortiq ASTM standartlari AQSHdan tashqari boshqa davlatlarda milliy standart sifatida qabul qilingan va 60 dan ortiq mamlakatlar oʻzlarining meʼyoriy-huquqiy bazalari uchun ASTM standartlaridan foydalanadilar.
Mazkur aʼzolik Uzbekistan GTL masʼuliyati cheklangan jamiyatini ASTM International tashkiloti texnik qoʻmitasiga aʼzo davlatlar bilan birga xalqaro standartlarni ishlab chiqishda ishtirok etish va takliflarni berish imkonini beradi.
ASTM International – materiallar, mahsulotlar, tizimlar va xizmatlar uchun ixtiyoriy standartlarini ishlab chiquvchi va nashr etuvchi xalqaro tashkilot. Ushbu tashkilot 1898-yilda Xalqaro sinov materiallari assotsitsiyasining AQSH boʻlimi sifatida tashkil etilgan va dastlab temir yoʻl materiallari uchun sifat nazorati standartlari bilan shugʻullangan.
Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi