Uchrashuvda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish yuzasidan Prezidentimizning Farmon va Qarorlarining mazmun-mohiyatini keng targʻib qilish va ishlab chiqaruvchilar hamda tadbirkorlar uchun yaratilgan imtiyozlari va mazkur yoʻnalishda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash boʻyicha gaplashib olindi.
D.Sattarov yengil sanoat vakillarining muammolarini eshitdi va “Iftixor kiyim sanoat” korxonasining ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishish jarayonida mahsulotlarning sifatini oshirish, jahon bozorlarida raqobatbardoshligini taʼminlashda Agentlik tomonidan barcha amaliy koʻmak berilishni taʼkidladi.
Shuningdek, Bosh direktor filiallar faoliyati bilan ham tanishib, xodimlarning malaka va tajribalarini oshirish zarurligiga eʼtibor qaratdi.