2021-yil 17-18-iyun kunlari Nukus shahrining Nukus olimpiya zaxiralari kolleji hududida “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” oʻz faoliyatini boshladi.
Yarmarkada jami 700 dan ortiq yirik korxonalari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi sanoat korxonalari ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari bilan ishtirok etishmoqda.
Mazkur yarmarkada Agentlik huzuridagi Standartlar instituti,”UzTEST” markazi sertifikatlashtirish ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi, Departamentning hududiy vakillari, hamda Qoraqalpogʻistondagi filiallari masʼullari qatnashmoqdalar.
Yarmarka ishida vakillar tomonidan ishlab chiqaruvchi korxonalarga mahsulotlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va muvofiqligini baholash masalalari boʻyicha amaliy yordamlar koʻrsatildi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi PF-6240 Farmoni va PQ-5133-sonli qarori mazmuni va mohiyati boʻyicha keng tushunchalar berildi.
Bundan tashqari tadbirda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalariga amaliy yordam koʻrsatish yuzasidan koʻrgazmali taqdimotlar ham rejalashtirilgan.