Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti fizik kimyoviy, optik fizikaviy va harorat kattaliklarini oʻlchash boʻlimiga Rossiya Federatsiyasi “Butunrossiya optik-fizikaviy oʻlchashlar ilmiy-tadqiqot instituti” (VNIIOFI) dan taklif etilgan B.B. Xlevnoy boshchiligidagi 6 nafar texnik ekspertlar guruhi “Yorugʻlik kuchi, yoritilganlik, ravshanlik va yorugʻlik oqimi” etalonini oʻrnatish ishlarini boshlashdi.

Ushbu etalon yordamida sogʻliqni saqlash, mashinasozlik, qurilish, elektrotexnik sanoat, energetika va yengil sanoat sohalarida qoʻllanilayotgan namunaviy yorugʻlik kuchi va yorugʻlik oqimi lampalari, namunaviy spektrometrlar, integralovchi uskunalar, namunaviy yoritilganlik va ravshanlik oʻlchash vositalarining metrologik kuzatuvchanligi taʼminlanadi.

Shuningdek, etalon ishga tushirilishi natijasida fotometrik oʻlchashlar sohasida halqaro darajada solishtirishlarda ishtirok etish hamda eʼtirof etilishga erishiladi.