Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi koʻmagida Yevropa Ittifoqi (YEI) tomonidan moliyalashtiriladigan, Halqaro savdo markazi (ITC) tomonidan amalga oshiriladigan “Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishiga koʻmaklashish” loyihasi doirasida joriy yilning 15-17-iyun kunlari muvofiqlikni baholash xodimlari uchun ISO/IEC 17025 “Sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentligiga qoʻyilgan umumiy talablar” standarti boʻyicha oʻquv seminari tashkil etildi.

100dan ortiq davlat va xususiy sektorda faoliyat koʻrsatayotgan muvofiqlikni baholash xodimlari ishtiroq etgan oʻquv seminarda Xalqaro ekspert Aleks Yezraxovich tomonidan quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha bilim va koʻnikmalar berildi:

- ISO/IEC 17025 standarti umumiy talablari;

- Oʻlchashlar noaniqliklarini baholash boʻyicha ISO/IEC 17025 talablari;

- Oʻlchashlar noaniqligini hisoblash usullari;

- Laboratoriya natijalarini hisobotlarini shakllantirish;

- Laboratoriyalarning metodlar tanlash shartlari;

- Validatsiya va verifikatsiya metodlari;

- Validatsiya jarayoni va bugungi kunda dolzarb boʻlgan muammolar.

Shu bilan birga muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish sohasidagi munosabatlarni halqaro standartlardan kelib chiqqan holda takomillashtirish masalalari va bu soxada xalqaro tajriba boʻyicha fikr almashildi. Oʻquv seminari davomida ITC ekspertlari Xema Menon va Xejraj Ramful tomonidan Jahon savdo tashkilotining hozirgi kundagi faoliyati, savdoda texnik toʻsiqlarni qoʻllash boʻyicha kelishuv, savdodagi texnik toʻsiqlarni bartaraf etishda standartlar, texnik reglamentlarning oʻrni va roli boʻyicha maʼlumotlar berib oʻtildi.

Oʻquv seminari davomi ishtirokchilar tomonidan bildirilgan mavjud muammo va takliflar oʻrganildi, Xalqaro ekspert Aleks Yezraxovich tomonidan barcha savollariga batafsil javob berildi.

 

Oʻzbekiston Texnik jixatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro xamkorlik boshqarmasi