Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Departament va Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi Buxoro filiallari hamkorligida «Korrupsiya va korrupsion omillarni yuzaga keltiruvchi holatlarning oldini olish» mavzusida seminar tashkil etildi.
Uchrashuvga Bosh Prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Buxoro viloyat boshqarmasi katta inspektori Nilufar Ahmedova taklif etilib, mavzu yuzasidan maʼruza qildi.
Shuningdek, seminarda taʼmagirlik va korrupsiya har bir jamiyatning eng katta dushmani ekanligi, uning ildiz otib borishiga yoʻl qoʻymaslik har birimizdan katta masʼuliyat talab qilishi taʼkidlandi.