Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Departament, “UzTest” markazi,va OʻzMMI Samarqand filiali mutaxassilari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 02-iyundagi PF-6240 sonli Farmoni hamda PQ-5133 sonli Qarorining mazmun-mohiyatini keng targʻib qilish yuzasidan seminar boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda ushbu farmon va qarorning mazmun-mohiyati, tadbirkorlik subyektlariga berilgan imkoniyatlari boʻyicha tushunchalar berilib, belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan kelishib olindi.
Shuningdek, tadbirda Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini oshirish hamda davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalasiga ham alohida toʻxtalib oʻtildi.