Oʻzbekiston Milliy Metrologiya instituti va “UzTest” markazi Qoʻqon filiali masʼullari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining texnik jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirishga oid Farmoni va Qarorining mazmun-mohiyatini ishlab chiqaruvchilarga yetkazish maqsadida seminar va uchrashuvlari boʻlib oʻtmoqda.
Fililar xodimlari Furqat tumani hokim oʻrinbosari, investitsiya va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi M.Taniberdiyev va Beshariq tumani hokim oʻrinbosari, investitsiya va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi E.Yoʻldoshevlar bilan hamkorlikda sanoat korxonalarida boʻlib, mazkur hujjatlarda ular uchun belgilangan imtiyozlar haqida maʼlumotlar berildi.
Bu yoʻnalishdagi ishlar tizimli davom ettiriladi.