Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va hududiy filiallarida bir qator uchrashuvlar va seminarlar tashkil etilmoqda. Bunday uchrashuvlarda korrupsiyaga qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni oldini olish va ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash vazifalari muhokama etib borilmoqda.
Buxoroda hududiy boʻlinmalar hamkorligida «Huquqbuzarlikni oldini olish - muhim vazifa» mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy oʻquv seminari davom etmoqda.
Uchrashuvga Buxoro Muhandislik-texnologiya institutining yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari Sh.Temirov taklif etilib, mavzu yuzasidan tushunchalar bermoqda.