Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Qashqadaryo filialida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni takomillashtirish yuzasidan “Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi”ning viloyat boʻlimi bilan hamkorlikda mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
“Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik” ezgu gʻoyasi ostida xodimlar oʻrtasida oʻzaro hurmat munosabatlarini shakllantirish, aholi bilan ishlashda samimiy muomalada boʻlish kabi mavzular diqqat markazida boʻldi.
Aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuygʻusi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalash doimiy dolzarb masala ekanligi taʼkidlandi.
Shuningdek uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF – 6240 sonli Farmoni va “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ – 5133 sonli qarori mazmun mohiyati ham tushuntirib oʻtildi.
Davra suhbati qizgʻin savol-javobga boy boʻldi.