Surxondaryo viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 02-iyundagi PF-6240 sonli Farmoni hamda PQ-5133 sonli Qarorining mazmun-mohiyatini keng targʻib qilish yuzasidan seminar tashkil etildi.

Agentlik huzuridagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, “OʻzTest” markazi hamda Departamentning Surxondaryo viloyati filiallari mutaxassislari ishtirokida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda xodimlarga qarorning asosiy mazmuni va ishlab chiqaruvchilar hamda tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlari boʻyicha tushunchalar berildi.

Seminarda ular faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, galdagi maqsad-vazifalarga alohida toʻxtalib oʻtildi.