Agentlik huzuridagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, “OʻzTest” markazi hamda Departamentning Navoiy viloyati filiallari mutaxassislari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 02-iyundagi PF-6240 sonli Farmoni hamda PQ-5133 sonli Qarorining mazmun-mohiyatini keng targʻib qilish yuzasidan seminar tashkil etildi.

Uchrashuvda xodimlarga qarorning asosiy mazmuni va ishlab chiqaruvchilar hamda tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlari boʻyicha tushunchalar berildi. Oʻtkazilgan yigʻilishda farmon va qarorning bandlari chuqur oʻrganilib, belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida ijrosini taʼminlash maqsadida ish rejalari belgilab olindi.