Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning hududiy boʻlinmalarida ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlar ishtirokida uchrashuvlar boʻlib oʻtmoqda. Bugunning oʻzida Buxoro viloyati hududiy filiallari masʼullari va ishlab chiqaruvchilar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 02-iyundagi PF-6240 sonli Farmoni hamda PQ-5133 sonli Qarorining mazmun-mohiyatini keng targʻib qilish va oʻz vaqtida ijrosini taʼminlash vazifalariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtmoqda.
Amaliy seminarda qarorning asosiy mazmuni va ishlab chiqaruvchilar hamda tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlari boʻyicha tushunchalar berilmoqda. Uchrashuv davomida farmon va qarorning bandlari chuqur oʻrganilib, belgilangan vazifalarning ijrosini sifatli taʼminlash vazifalari belgilanib, aniq rejalar yuzasidan mulohazalar bildirilmoqda.
Seminar asosan savol-javob shaklida tashkil etilgan.