Belarus Davlat standartlashtirish qoʻmitasi bilan Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi oʻrtasida imzolangan Hamkorlik dasturi doirasida muvofiqlikni baholash xodimlari uchun ISO/IEC 17025 “Sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentligiga qoʻyilgan umumiy talablar” standarti boʻyicha oʻquv seminari tashkil etildi.

Oʻquv seminari davomida Belarus davlat akkreditatsiya markazi ekspertlari tomonidan quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha bilim va koʻnikmalar berildi:

- ISO/IEC 17025 standarti umumiy talablari;

- Oʻlchashlar noaniqliklarini baholash boʻyicha ISO/IEC 17025 talablari;

- Oʻlchashlar noaniqligini hisoblash usullari;

- Laboratoriya natijalarini hisobotlarini shakllantirish;

- Laboratoriyalarning metodlar tanlash shartlari;

- Validatsiya va verifikatsiya metodlari;

- Validatsiya jarayoni va bugungi kunda dolzarb boʻlgan muammolar.

Shu bilan birga muvofiqlikni baholash idoralarini akkreditatsiya qilish sohasidagi munosabatlarni halqaro standartlardan kelib chiqqan holda takomillashtirish masalalari va bu sohada Belarus davlat akkreditatsiya markazi tajribasi boʻyicha fikr almashildi.

 


Xalqaro hamkorlik boshqarmasi