Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Chirchiq filiali hamda “UzTest” markazi boʻlimlari masʼullari ishtirokida Prezidentimizning 2021-yil 2-iyundagi PF-6240 sonli farmoni hamda PQ-5133 sonli qarorining mazmun-mohiyatini keng targʻib qilish yuzasidan oʻquv- seminari oʻtkazildi. Uchrashuvda xodimlarga qarorning asosiy mazmun va ishlab chiqaruvchilar hamda tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlari boʻyicha tushunchalar berildi. Oʻtkazilgan seminarda qarorning bandlari chuqur oʻrganilib, belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida ijrosini taʼminlash maqsadida reja-dastur belgilab olindi.