Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyatini yaxshilash va sohada davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish yuzasidan Prezidentimizning Farmon hamda Qarorlari imzolandi.
Bunday muhim hujjatlar soha taraqqiyotiga xizmat qilish bilan bir qatorda, har bir xodim oldiga katta masʼuliyat ham yuklaydi. Endigi vazifa qabul qilingan Farmon va Qarorlarning mazmun-mohiyatini xodimlar va ishlab chiqaruvchilarga yetkazishga, sanoat korxonalari uchun yaratilgan imtiyoz hamda imkoniyatlardan ularni xabardor qilishga qaratilmoqda.
Agentlik matbuot xizmatining tashabbusi bilan Samarqand viloyatidagi hududiy filial xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Unda asosiy eʼtibor soha va tarmoqlar bilan samarali ishni tashkil etgan holda, milliy mahsulotlarning sifatini oshirish, korxonalarga amaliy yordam berish va xalqaro standartlarni jadal joriy etish muhimligi taʼkidlandi.
Shuningdek, hududiy boʻlinmalarda mehnat qilayotgan yoshlar hamda xotin-qizlarning muammolari, takliflari va bu jarayonda ulardan faollik, yangicha ish uslublaridan foydlalanishlari zarurligi aytib oʻtildi.