Standartlar institutining bir guruh vakillari tajriba almashish va tizim faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida boʻldilar.

Bundan koʻzlangan maqsad – muassasada xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ish jarayonining tashkil etilishi, laboratoriya va ilmiy-tadqiqot ishlarining olib borilishi bilan bogʻliq chora-tadbirlarni oʻrganish, oʻzaro hamfikr boʻlish va ijobiy tajribalarni kelgusida ish faoliyatiga tatbiq etishdan iborat. Ish samaradorligini oshirishda oʻzaro tajriba almashish, takliflarni inobatga olish muhim oʻrin tutadi.