Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va tizim-tashkilotlarida maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlarni tashkil etishga eʼtibor qaratilmoqda.

“Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori asosida Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Qashqadaryo filiali tomonidan “Men nechun sevaman Oʻzbekistonni” loyihasi asosida Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning hayoti va ijodini oʻrganishga bagʻishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda filial xodimlari Oʻzbekiston Qahramoni Abdulla Oripov muzeyida boʻlib, shoirning hayoti va ijodiga bagʻishlangan eksponatlar, fotogalereyalar, turli mavzudagi asarlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasining yaratilishi bilan bogʻliq xotiralar bilan tanishdilar.

Filial tomonidan tashkil etilgan maʼrifiy uchrashuvda Abdulla Oripov singari ajdodlarimizning hayoti va oʻgitlari bilan tanishish har bir insonning maʼnaviy olamini boyitish bilan birga mustaqillik gʻoyalarga sadoqat tuygʻusini shakllantirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.