Toshkent shahar hokimligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamkorligida VISTA ELECTRONICS GROUP va MEGA INVEST INDUSTRIAL korxonalariga xalqaro muvofiqlikni baholash idoralari tomonidan xalqaro ISO 9001 sertifikati va SE markirovkasini topshirildi.

ISO 9001 – xaridorlarning yuqori sifatli mahsulot
va xizmatlardan foydalanayotganini kafolatlasa, SE markirovkasi- mahsulotga nisbatan qoʻllaniladigan maxsus belgi boʻlib, mahsulot Yevropa Ittifoqi direktivalarining muhim talablariga va uygʻunlashtirilgan standartlariga mos kelishini va mahsulotning muvofiqlikni baholash tartibidan oʻtganligini tasdiqlaydi. Idoralar belgisi mahsulot isteʼmolchilarning sogʻligʻi uchun zararli (xavfli) emasligini koʻrsatadi.

Mazkur voqelik Yangi Oʻzbekiston korxonalariga mijozlar ishonchini oqlash va mahsulotlarga boʻlgan talablarga jiddiy yondashishidan darak beradi. Ushbu xalqaro muvofiqlikni baholovchi hujjatlar mahsulotlarning sifat va xavfsizlik koʻrsatkichlariga amal qilinishiga boʻlgan ishonchni ifodalaydi.

Eksportyor korxonalar faoliyati Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 826-son qarori va moliyaviy yordam koʻrsatish tartibiga muvofiq standartlarni joriy qilish va muvofiqlik sertifikatlarini olish xarajatlari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan qoplab berilmoqda.

VISTA ELECTRONICS GROUP va MEGA INVEST INDUSTRIAL korxonalarida yillar davomida mutaxassislarning tinimsiz mehnati, mahsulotlarning sifatini taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlari orqali bugun ushbu natijaga erishildi. Endilikda mazkur korxonalar Oʻzbekistonda oʻz faoliyatida xalqaro ISO 9001 sertifikati va SE markirovkasi ega navbatdagi korxonaga aylandi.

Oʻzbekiston Texnik jixatdan tartibga solish agentligi
Xal
qaro xamkorlik boshqarmasi