Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida Mustaqilligimizning 30 yilligi oldidan maʼrifiy uchrashuv tashkiil etildi. “Yangi Oʻzbekiston yoshlari: Yangicha mafkura va gʻoyalarning hayotimizdagi ahamiyati” mavzusidagi uchrashuvda falsafa fanlari doktori, professor Jamilaxon Shermuhamedovaning yoshlarga berilayotgan eʼtibor, ularni mutaqillik gʻoyalari asosida tarbiyalashning ahamiyati yuzasidan maʼruzalari tinglandi.
Shuningdek uchrashuvda maʼrifat va maʼnaviyatning inson kamolotidagi oʻrni, oiladagi tarbiya, ommaviy madaniyat tushunchalarining mohiyatiga eʼtibor qaratilishi lozimligi taʼkidlab oʻtildi.
Tadbir yakunida mazmunli oʻtgan maʼnaviyat mavzusidagi suhbatni doimiy ravishda oʻtkazishga kelishib olindi.