Bugungi kunda, mamlakatimizda tashqi iqtisodiy sohasida tashqi savdo hajmi va eksportni rivojlantirishga eʼtibor qaratilgan. Yevropa Ittifoqi va Osiyo davlatlariga qishloq xoʻjaligi, tekstil, qurilish va boshqa turdagi mahalliy mahsulotlarni eksport qilish kunning dolzarb mavzusiga aylanib bormoqda.

Ushbu turdagi mahsulotlar eksportida xalqaro darajada tan olingan xorijiy muvofiqlikni baholash idoralari alohida oʻrin tutadi. Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarga muvofiqlikni baholash sohasida qulaylik yaratish maqsadida, joriy yilning birinchi iyun kuni Fransiyaning “Bureau Veritas” muvofiqlikni baholash idorasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tadbirda mahsulotlarni jahon bozorlariga eksport qilishda “Bureau Veritas” idorasi tomonidan koʻrsatiladigan muvofiqlikni baholash ishlari, bugungi kunda Yevropa davlatlarining mahsulotlarga qoʻygan talablari, hamkorlikda sertifikatlashtirish idorasi va sinov laboratoriyalari ishlarini tashkil etish, ularni xalqaro darajaga olib chiqishda “Bureau Veritas” idorasi ekspertlarni jalb etish boʻyicha
fikr almashildi.

 

Xalqaro xamkorlik boshqarmasi