Standartlar institutida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Bosh direktori Dilshod Sattarov bilan institut rahbar xodimlari hamda mutaxassislarining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Prezidentimizning texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya sohalarida tarkibiy islohotlarni yana-da chuqurlashtirish, sohani xalqaro andozalarga moslashtirish, standartlardan keng foydalanish muhitini yaratish, muvofiqlikni baholash jarayonlariga zamonaviy uslublarni joriy qilishga oid imzolagan Qaror va Farmonlari mazmun-mohiyati va undagi vazifalar ijrosini taʼminlashga qaratildi.
Sohada yangilanishlarni amalga oshirishda ishni tizimli yoʻlga qoʻyish, har bir xodim oʻz dunyoqarashini keskin oʻzgartirishi, yangicha yondashuvlar asosida ishlashi lozimligi yana bir bor taʼkidlab oʻtildi.