Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi tomonidan “Butun jahon akkreditatsiya kuni” munosabati bilan masofaviy va anʼanaviy format uygʻunligidagi xalqaro anjuman boʻlib oʻtmokda.

Tadbirda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati, bir qator xalqaro ekspertlar jumladan, Akkreditatsiya boʻyicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligi (APAC) baholovchisi Anil Jauxri (Hindiston), Rossiya Federatsiyasining Federal akkreditatsiya xizmati rahbari oʻrinbosari Dmitriy Gogolev, akkreditatsiya sohasidagi xalqaro ekspert Atakan Bashturk (Turkiya), akkreditatsiya sohasini rivojlantirish boʻyicha xalqaro ekspert Manfred Kindler (Germaniya) va boshqa bir qator mutahassislar ishtirok etmokda.

Anjumanda yurtimizda akkreditatsiya sohasida olib borilayotgan tub islohotlar, iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va xalqaro savdoda samarali muvofiqlikni baholash mexanizmining oʻrni haqida soʻz bormokda. Soha vakillari Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi oldida turgan ustuvor vazifalar, laboratoriyalarda ISO/IEC 17025:2017 xalqaro standartining texnik talablarini bajarish hamda bu boradagi xalqaro tajriba xususida tadbir ishtirokchilariga maʼlumot berishmokda.