Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarni ishlab chiqarish va yetishtirish bilan bir qatorda ularni eksportga tayyorlash ham muhim jarayon hisoblanadi. Bu borada xorijiy mamlakatlarning oʻziga yarasha qatʼiy import talablari mavjud.

Ayniqsa, bugungi kunda xalqaro standartlar talablarini taʼminlamagan mahsulotlarni jahon bozori qabul qilmaydi.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan "korxonabay" ishlash tizimi orqali xalqaro standartlar joriy etilib, SE markirovkasi, FSSC 22000 va xalqaro ISO sertifikatlarini olishda amaliy yordam koʻrsatilmoqda.

Toshkent viloyatining Oʻrtachirchiq tumanida qishloq xoʻjaligi va turli xildagi konserva mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “GLOBAL FOOD EXCLUSIVE” MCHJda xalqaro standartlari joriy etish boʻyicha oʻquv seminari tashkil etildi.

Tadbirda Agentlik xalqaro hamkorlik boshqarmasi, Standartlar instituti, va “Uztest” markazi mutaxassislari tomonidan ““GLOBAL FOOD EXCLUSIVE” korxonasiga xorijiy davlatlarga eksport qilish va jahon bozoriga kirishdagi mavjud imkoniyatlar, import talablari, eksport geografiyasini kengaytirish, yangi eksportbop mahsulotlar yetishtirishda xalqaro standartlar muhimligi tushuntirildi.

Shu bilan birga, bugungi kunda, eksportyor korxonalar faoliyati davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotganligi, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 826-son qarori va moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi atroflicha yoritib berildi.

Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi