Mutaxassislar tomonidan Agentlik huzuridagi tashkilotlarda davlat tilida ish yuritishni taʼminlash, maʼnaviy-maʼrifiy, yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida uchrashuvlar davom etmoqda.
Navbatdagi oʻrganishlar Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazida olib borildi.
Taʼkidlash joizki, markaz avvalgi topshiriqlar yuzasidan amaliy ishlar bajarilgan. Xususan, tashkilot binosining kirish qismidagi hamda barcha sinov laboratoriyalaridagi uskunalarning texnik xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar davlat tili lotin harflarida chop etilib oʻrnatilgan.
Uchrashuv jarayonida kelgusida markazda “Maʼnaviyat xonasi” va idoraviy kutubxona tashkil etilib, “Maʼnaviyat soati” tadbirlarini tashkillashtirish hamda boshqa millat vakillari boʻlgan xodimlarga davlat tilini oʻqitish masalasi boʻyicha koʻrsatmalar berildi.