Muvofiqlikni baholash idoralari uchun Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirishga qaratilgan Prezident farmoni va qarori boʻyicha oʻquv seminari tashkil etildi.
Tadbir davomida farmon va qaror mazmun mohiyati, yangi tuzilgan Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga qoʻyilgan vazifalar, topshiriqlar tushuntirildi hamda ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollariga javob berildi.