Respublikada eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlariga yana-da qulaylik yaratish maqsadida, tovarlarni saqlash uchun moʻljallangan Samarqand viloyatida Tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti “Yagona darcha” tamoyili asosida yangi maʼmuriy binoda ish boshladi.

Ushbu binoda “UzTest” markazi Samarqand filiali uchun alohida xona ajratilgan boʻlib, hozirgi vaqtda tadbirkorlik subyektlariga muvofiqlikni baholash, mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalalarida yaqindan amaliy yordam koʻrsatib kelinmoqda.