Bugungi kunda, mamlakatimizda elektrotexnika sanoatini yana-da rivojlantirish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Albatta elektrotexnika maxsulotlarini Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC) standartlariga muvofiq ishlab chiqarish, maxsulotlar sifatini yaxshilash, raqobatbardoshligini oshirish va ularni eksportga yetkazib berishni koʻpaytirishda xizmat qiladi.
Turk standartlari instituti (TSE), “Turk standartlari instituti”ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, “Oʻzstandart” agentligi, Energetika vazirligi va «Uzassystem» QK MCHJ oʻrtasida uchirashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC) talablariga muvofiq standartlarini qabul qilish, korxonalarga tarqatish, IEC texnik qoʻmitalari faoliyat koʻrsatishda Turkiya tajriba oʻrganildi.
Tadbir yakuniga koʻra, Elektrotexnika Komissiyasi (IEC) standartlarini qabul qilish, korxonalarga tarqatish, IEC texnik qoʻmitalari faoliyat koʻrsatish boʻyicha mutaxassislarni Turk standartlari institutida tajriba almashishga kelishib olindi.
“Oʻzstandart” agentligi
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi