Agentlik huzuridagi departament, Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Samarqand filiallari hamda Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi Samarqand boʻlimi hamkorligida “MUSTAQILLIK – HUQUQ, IMKONIYAT VA BURCH DEMAKDIR” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi Samarqand boʻlimi aʼzosi shoir Naim Nur tomonidan ishtirokchilarga mustaqillikning naqadar buyuk neʼmatligi, mustaqillikka erishish yoʻlidagi kechgan kurashlar va mustaqillik bergan imkoniyatlar, burchlar toʻgʻrisida batafsil tushuntirdi hamda mustaqillikka bagʻishlangan ijod namunalaridan oʻqidi.