Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Surxondaryo filialida “Maʼnaviyat soati” ruknida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Maʼnaviyat soatida xodimlar va OAV vakillari, maʼnaviyat targʻibotchilari ishtirok etdi.
Uchrashuvda xodimlarga maʼnaviyat xonasida tashkil qilingan kutubxonadan boʻsh vaqtlarda foydalanish, kitoblarni oʻqib maʼnaviy hordiq chiqarishlari aytildi. Shuningdek, maʼnaviyat xonasining jihozlanishi va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berilib, undagi qulayliklar barcha xodimlar uchun yoʻlga qoʻyilganligini taʼkidlandi.
Maʼnaviyat soati mehmoni, viloyat maʼnaviyat-maʼrifat markazi vakili, maʼnaviyat targʻibotchisi, shoir Qoʻshon Abdullayev maʼnaviyat tushunchasining mazmun-mohiyati toʻgʻrisida yigʻilganlarga tushuncha berdi. Jumladan, kitob va kitobxonlik, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni muntazam oʻtkazib borish, davlat tilida ish yuritish, xodimlar oʻrtasida oʻzaro hurmat munosabatlarini shakllantirish, aholi bilan ishlashda samimiy va iliq muomalada boʻlish kabi mavzularda mazmunli maʼruza qildi va oʻz sheʼrlaridan oʻqib berdi. Qoʻshon Abdullayev ishtirokchilarning savollariga atroflicha javob berib, filial kutubxonasiga kitoblar sovgʻa qildi.
Tadbir soʻngida shunday tadbirlarni muntazam oʻtkazib borish boʻyicha kelishib olindi.