“Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Departament hamda Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va UzTEST markazi Jizzax filiallari masʼullari Jizzax shahridagi poyabzal ishlab chiqaruvchi «Oybek So LTD» korxonasining ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishib sohaga oid tushuntirish ishlari olib borildi.

Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-yanvardagi 5-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Charm-poyabzal mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglamenti talablari yuzasidan maʼlumot berilib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ushbu texnik reglament talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida sinov ishlari olib borildi. Sinov xulosalariga asosan mahsulot uchun muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirib berildi.