Albatta maishiy texnika mahsulotlarni ishlab chiqarish bir jarayon boʻlsa, ularni eksportga tayyorlash alohida jarayon hisoblanadi. Bu borada Yevropa mamlakatlarining oʻziga yarasha qatʼiy import talablari bor.
Bugungi kunda Yevropa davlatlarida elektrotexnika mahsulotlari bilan
oʻz nufuzini mustahkamlashga intilayotgan yangi Oʻzbekistondagi “SAM NUR TAFVIZ” korxonasida SE markirovkasi joriy etish ishlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyati, Urgut shahrida joylashgan “SAM NUR TAFVIZ” MCHJ korxonasida SE markirovkasi joriy etish boʻyicha uchrashuv va seminar tashkil etildi.
Unda “Oʻzstandart” agentligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi, Standartlar instituti, Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi, Samarqand viloyati boʻlimining Eksportga koʻmaklashish byurosi mutaxassislari tomonidan “SAM NUR TAFVIZ” korxonasiga SE markirovkasi, Yevropa davlatlarga eksport qilish va jahon bozoriga kirishdagi mavjud imkoniyatlar, Yevropa import talablari, eksport geografiyasini kengaytirish, yangi eksportbop mahsulotlar yetishtirishda xalqaro standartlar muhimligi tushuntirildi.
Uchrashuvda eksportyor korxonalar faoliyati davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotganligi, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 826-son qarori va moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi yuzasidan maʼlumot berildi.
“Oʻzstandart” agentligi
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi
Standartlar instituti
Eksportga koʻmaklashish byurosi