“Oʻzstandart” agentligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish maqsadida bir qator musobaqalar tashkil etib kelinmoqda.

Agentlikning Jizzax viloyatidagi “Uztest” markazi filiali hamkorlar bilan sport tadbiri tashkil etildi. “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida hududdagi uyushmagan yoshlar oʻrtasida futbol musobaqasi boʻlib oʻtdi. Unda Sh.Rashidov tumanidagi 5 ta mahalladan kelgan yoshlar oʻzaro bellashdilar. Gʻolib jamoalar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Hududdagi 110 nafar uyushmagan yoshlarning boʻsh vaqtlari mazmunli tashkil etildi.