Bugungi kunda Yevropa davlatlarida elektrotexnika mahsulotlari bilan oʻz nufuzini mustahkamlashga intilayotgan Yangi Oʻzbekistondagi korxonalarda SE markirovkasining joriy etish ishlari olib borilmoqda va bu masalaga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.

“Oʻzstandart” agentligi, «Oʻzeltexsanoat» uyushmasi, “Oʼzavtosanoat” AK tomonidan korxonabay ishlash tizimi orqali xalqaro standartlar joriy etilib, SE markirovkasi olishda amaliy yordam koʻrsatilmoqda.

Andijon viloyatida joylashgan “Grand Tehnolog” QK MCHJ va “Oʼz Kodji” QK SE markirovkasi joriy etish boʻyicha uchrashuv-seminarlar tashkil etildi.

“Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi, Andijon viloyati boʻlimi, Eksportga koʻmaklashish byurosi mutaxassislari tomonidan “Grand Tehnolog” QK MCHJ va “Oʼz Kodji” korxonasiga SE markirovkasi, Yevropa davlatlarga eksport qilish va jahon bozoriga kirishdagi mavjud imkoniyatlar, Yevropa import talablari, eksport geografiyasini kengaytirish, yangi eksportbop mahsulotlar yetishtirishda xalqaro standartlar muhimligi tushuntirildi.

“Oʻzstandart” agentligi

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

Eksportga koʻmaklashish byurosi