Mazkur konferensiyada davlat tilida ish yuritish, lotin yozuvidagi oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich oʻtish, maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot va kutubxonalar ishlarini yuritilishi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar hamda kutubxonalarni tashkil etish yuzasidagi ishlar muhokama qilindi.

Unga koʻra, maʼnaviyat xonalarini toʻliq jihozlash, amaliyotga kelayotgan yoshlarning malaka koʻnikmalarini oshirish, bosqichma-bosqich lotin yozuviga oʻtish vazifalari muhokama qilindi.

Davlat tilini rivojlantirish Departamenti tomonidan nashr qilingan “Davlat tilida ish yuritish” kitobi mazkur yoʻnalishdagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim uslubiy qoʻllanma ekanligi taʼkidlandi. Ish yuritishda nafaqat hujjatlar, balki peshtaxta yozuvlari, laboratoriya uskunlaridagi yozuvlar ham aynan davlat tilida rasmiylashtirilishi aytib oʻtildi.

Shuningdek, uchrashuvda maʼnaviy- maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil qilish boʻyicha tavsiyalar berildi va bu masalada hududiy hokimliklar, jamoat tashkilotlari, nuroniylar, kayvoyni onaxonlar, taniqli insonlar bilan hamkorlik qilish samara berishi taʼkidlandi. Oʻzbek tilida soʻzlashmaydigan va lotin alifbosini oʻzlashtirmagan xodimlar uchun til va alifboni oʻrgatish uchun sharoit yaratish zarurligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida har bir davlat tashkiloti xodimi oʻz xizmat vazifasini bajarishda eng avvalo kiyinish madaniyati, muomala odobi, kasb mahoratiga ham eʼtibor qaratishi taʼkidlandi. Milliy metrologiya instituti va hududiy filiallari xodimlari uchun tashkil qilingan uniformani boshqa tizim tashkilotlariga ham joriy qilinishi tashkilot imidjiga ijobiy taʼsir koʻrsatishi aytildi.