“Oʻzstandart” agentligi rahbariyati tomonidan 2021-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida oʻtkaziladigan sayyor qabullar rejasiga koʻra Ohangaron tumanida navbatdagi sayyor qabul boʻlib oʻtdi.
Tadbir tuman hokimligi binosida 50 dan ziyod mahsulot ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar va taʼminotchi korxona vakillari ishtirokida ochiq muloqot shaklda oʻtkazildi
Agentlik masʼullari shahar hokimiligi bilan hamkorlikda ishtirokchilarning murojaatlari tinglandi hamda muammolarini ijobiy hal etishga eʼtibor qaratildi.