Joriy yilning 27-28-may kunlari Buxoro shahrida qurilish materiallari, neft va gaz sanoati, yengil sanoat tarmogʻi, qorakoʻlchilik, qishloq va suv xoʻjaligi, turizm sanoati uchun mahsulotlar ishlab chiqarish va boshqa sohalarga ixtisoslashgan yirik korxonalar ishtirokida oʻtkazilayotgan “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi»da “Oʻzstandart” agentligi va tizim tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar namoyish etilmoqda.
Pavilionda 35 turdan koʻp zamonaviy, bugungi kun talabiga javob beradigan yuqori aniqlikdagi namunaviy laboratoriya oʻlchash vositalari keltirilgan boʻlib, ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga mutaxassislardan tegishli javoblarni olishdi va shu yerning oʻzida sinovlarni oʻtkazish boʻyicha bir qator shartnomalar imzolandi.
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti va Oʻzbekiston milliy metrologiya institutining Buxoro filiali oʻrtasida yaqin hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, talabalarning amaliyotlari bir vaqtning oʻzida oʻqishdan uzilmagan holda korxona bilan hamkorlikda olib boriladi.
Yarmarka oʻz ishini davom ettirmoqda.