Buxoro shahridagi Buxoro neft gaz kolleji hududida “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” oʻz ishini boshlaydi.

Mazkur nufuzli tadbirda respublikaning barcha viloyatlaridan ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish subyektlari ishtirok etmoqda. Jumladan, tadbirda “Oʻzstandart” agentligi uchun ajratilgan maydonda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish yoʻnalishlaridagi zamonaviy xizmatlar namoyishi boʻladi.

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Buxoro filiali rahbari Ulugʻbek Bozorovning taʼkidlashicha, yarmarka ishida barcha tashkiliy ishlar oʻz nihoyasiga yetgan.