Dori vositalari sifatini taʼminlashning asosiy mezoni standart bilan belgilanadi. Bugungi kunda farmatsevtika sohasida mahsulotlar sifatini va xavfsizligi taʼminlashga, yaxshi ishlab chiqarish amaliyotiga oʻtishga, sifatni nazorat qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Namangan viloyatida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi korxonalar soni oʻndan ortdi. Yuzlab yoshlar tarmoqda faol xizmat qilmoqdalar.
“Oʻzstandart” agentligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi hamkorligida “Uz Test” markazi Namangan filiali tomonidan “NAMANGAN PHARM PLANT” korxonasida «Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)” Oʼz DSt 2766:2018 standart talablari boʻyicha umumiy tushunchalar, xalqaro standartining mazmun-mohiyati, joriy etishdagi talablar boʻyicha oʻquv seminari tashkil etildi.
Unda xodimlarga qoʻyilgan talablar, ineksion eritmalar ishlab chiqarishga va saqlashga qoʻyilgan talablar, shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalari haqida batafsil maʼlumot berildi va ishchi xodimlarning qiziqtirgan savollari javob berildi.
Xalqaro standartlarni joriy etgan ushbu korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar Qirgʻiziston, Tojikiston, Qozogʻiston va boshqa xorijiy davlatlariga doimiy eksporti yoʻlga qoʻyilgan.
“Oʻzstandart” agentligi
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi
“UzTest” DK Namangan viloyati filiali