“Oʻzstandart” agentligi tashabbusi bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va taraqqiyot boʻyicha konferensiya Kotibiyati hamkorligida “Quritilgan mevalarni xalqaro sertifikatlash, ularning standartlari va sifati” mavzusidagi onlayn trening boʻlib oʻtdi.
Treningda loyiha koordinatori, UNCTAD xalqaro tovar va savdo boʻyicha ekspert Rodrigo Karkamo, quritilgan meva-sabzavotlarning xalqaro standartlari, organik sertifikatlash talablari, UNECE standartlari boʻyicha (quritilgan uzum misolida) hamda quritilgan mevalarda oziq-ovqat xavfsizligi masalalari boʻyicha ekspert Jasurbek Rustamov, Quritish usullari va sifat jihatlari boʻyicha ekspert Aktam Azizov hamda Global G.A.P – meva va sabzavotlari moduli boʻyicha mutaxassis Lenur Eredjepovlar prezentatsion materiallari bilan ishtirokchilarga maʼlumot berdilar.
Oʻtkazilgan seminarda 90 dan ortiq hududlardagi meva-sabzavot yetishtiruvchi fermer, dehqon va bogʻdorchilik xoʻjaliklari, eksportyor korxonalar hamda Mahsulotlarni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi mutaxassislari ishtirok etdi.
Yigʻilishi yakunida mavzuga oid savol va takliflar eshitilib, mutaxassislar tomonidan atroflicha javob va tavsiyalar berildi. Seminar bahs va munozaralar asosida qiziqarli tarzda yakunlandi.
Mahsulotni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi