Oʻzbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi tashabbusi bilan “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Majburiy sertifikatlashtirish odamlarning hayoti, sogʻligʻi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan mahsulotlarni tayyorlash, ulardan foydalanish, ularni tashish yoki saqlash xavfsizligini taʼminlovchi talablar boʻlmagan taqdirda, “Oʻzstandart” agentligi davlat boshqaruvining tegishli organlari bilan birgalikda bunday talabnomalarning kechiktirmay ishlab chiqilishi va amalga kiritilishini taʼminlaydi.

Shu bilan birga, oziq-ovqat sanoatini yana-da rivojlantirish, aholiga xavfsiz va sifatli mahsulotlar yetkazib berish boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda jumladan Prezidentimizning 2019-yil 29-iyuldagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yana-da rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda 2020-yil 10-noyabrdagi “Aholining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qabul qilingan qarorlariga asosan 2019-yilda 200 taga yaqin(197 ta), 2020-yilda 350 taga (341 ta), 2021-yilda 350 taga (346 ta) yaqin xalqaro ISO va CODEX ALIMENTARIUS standartlari qabul qilindi.

Shu kabi maʼlumotlar berilib, ommaviy axborot vositalari vakillarini qiziqtirgan savollariga javoblar berilmoqda.