“Oʻzstandart” agentligi va Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti oʻrtasida mamlakatimiz sanoati uchun malakali kadrlar tayyorlash, taʼlimning ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorligini yoʻlga qoʻyish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayoniga kadrlar buyurtmachilarini faol jalb etish masalalariga qaratilgan shartnoma imzolangan edi.

 Unga muvofiq, Davlat imtihoni komissiyasiga “Texnika va texnologiyalarning texnik ekspertizasi va marketing taʼlim yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktori oʻrinbosari Maʼrufjon Jalilov va boʻlim boshligʻi Oybek Xalilovlar masʼul etib belgilangan.

  Bugun Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida Davlat imtihoni komissiyasi masʼullar ishtirokida bitiruvchilarning yakuniy sinovlari va bitiruv malakaviy ishlari himoyasi boʻlib oʻtdi.

  Bitiruv himoyasi tadbiri soʻngida bunday hamkorlik yuqoridagi konsepsiyada koʻzda tutilgan masala hamda vazifalarni samarali amalga oshirishga imkoniyat yaratilishi aytib oʻtildi.