Oʻzbekiston milliy matbuot markazida “Oʻzstandart” agentligi hamda “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida “Qurilish materiallari: sifat va nazorati” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Anjumanda masʼullar tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillariga qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarga koʻmak berish, standartlar aktuallashtirish, oʻlchov vositalarini metrologik qiyoslash koʻrigidan oʻtkazish hamda sertifikatlashtirish ishlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.